четверг, 6 мая 2010 г.

Pekin Olimpiada o`yinlari: hali imkoniyat bor

18.04.2007 10:10

O`zA, Q.Qarshiev – Poytaxtimizda futbol bo`yicha O`zbekiston olimpiya terma jamoasi 2008 yil Pekinda bo`lib o`tadigan yozgi Olimpiada o`yinlari yo`llanmasi uchun o`tkazilayotgan saralash musobaqasining to`rtinchi turida Janubiy Koreya futbolchilarini 18 aprel kuni qabul qiladi.

“F” guruhidan joy olgan olimpiyachilarimiz birinchi turda o`z maydonida Birlashgan Arab Amirliklari olimpiya terma jamoasini 2:1, safarda Yaman futbolchilarini 1:0 Hisobida mag`lub etgan edi. Lekin Janubiy Koreyada o`tkazilgan uchinchi uchrashuvda vakillarimiz mezbonlarga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

– Ketma-ket erishilgan g`alabadan keyingi – uchinchi uchrashuvda futbolchilarimizda bir oz xorg`inlik sezilgan edi, – dedi O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiysi V.Abramov Toshkentda o`tgan matbuot anjumanida. – Biroq, hali imkoniyatlarimiz yetarli. Janubiy Koreyaliklar bilan bo`ladigan bu galgi javob uchrashuvida futbolchilarimiz bor kuch va mahoratini ishga solib, muvaffaqiyat qozonishiga ishonamiz.

Pekin-2008 Olimpiya o’yinlarining boshlanishiga bir yil qoldi
Xitoyda 2008 yilgi o’yinlarning boshlanishiga bag’ishlangan sanalar nishonlana boshlandi. 8 avgust kuni Pekinda Xalqaro Olimpiya qo’mitasi, butun dunyo Olimpiya qo’mitalari guvohligida Pekin-2008 o’yin tashkilotchilari XXIX Olimpiya o’yinlarining boshlanishiga qadar teskari xisob qiluvchi soatni tantanali ravishda ishga tushurdilar.
An’anaga muvofiq o’yinlarning mezbon shaxri o’yinlar boshlanishidan bir yil avval ishtirok etuvchi mamlakatlar sheflar missiyasi yig’ilishini o’tkazadi. Ushbu yig’ilish bu yil 7-9 avgust kunlari Pekin shaxrida bo’lib o’tdi. Yig’ilishda 203 mamlakat Milliy Olimpiya qo’mitalari ishtirok etdilar. O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi bosh kotibi M.Babaev ham ushbu yig’ilishda ishtirok etdi.
Pekin-2008 Olimpiya o’yinlari tashkiliy qo’mitasi vakillari o’yinlarga tayyorgarlik ishlarining borishi va tashkiliy ishlarga bog’liq boshqa masalalar haqida axborot berdilar.
Uch kunlik sessiya ishi davomida akkreditatsiyalarda bo’lgan o’zgarishlar, Olimpiya qishlog’i, transport, tibbiyot va doping-nazorat, o’yinlar davomida Milliy Olimpiya qo’mitalariga ko’rsatiladigan xizmatlar xaqida tashkiliy qo’mitaninig mutasaddi departamentlari rahbarlari ma’lumot berdilar. Seminar dasturi davmida Olimpiya hamdo’stligi bog’iga tashrif ham rejalashtirilgan va bu yerda barcha Olimpiya qo’mitalari daraxt ekishlari kerak edi. Bir yildan so’ng bu yer Olimpiya qishlog’i ichiga kiritilgan Dunyo maydoni bo’lishi kerak. Har bir daraxt bir mamlakat nomi bilan atalgan bo’lib, ushbu bog’da endi “O’zbekiston” niholi ham mavjud.
Seminar dasturi doirasida Olimpiya ob’ektlariga tashrif ham uyushtirildi. Pekin-2008 tashkiliy qo’mitasining barcha xizmatlari vakillari bilan ekspress-seminarlar ham tashkil etildi.
Seminar ishi davomida Xitoy sport vaziri Lyu Pen bilan ham muzokaralar olib borilib, unda hamkorlikdagi o’quv-amalaiy yig’ilishlarni o’tkazish, murabbiy va hakamlar malakasini oshirish bo’yicha seminar va kurslar tashkil etish kabi masalalr muhokama etildi. Xitoylik stol tennisi, sport gimnastikasi va badminton sport turlari bo’yicha mutahassisalarning yaqin kunlarda O’zbekistonga tashrifi rejalashtirilayotganligi ta’kidlab o’tildi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi Pekinda bo’lib o’tadigan XXIX Olimpiya o’yinlariga Xalqaro Olimpiya qo’mitasi prezidenti Jak Rogge tamonidan imzolangan taklifnomani oldi.
Manba:http//www.olympic.uz/uz/news.scm?topicId=2554&pager.offset=30

Комментариев нет:

Отправить комментарий