четверг, 6 мая 2010 г.




Dzyudo bo’yicha jaxon kubogining ikkinchi bosqichi
Germaniyaning Gamburg shaxrida dzyudo bo’yicha jaxon kubogining ikkinchi bosqichi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston nomini ikki sportchimiz munosib himoya qilib, o’z hisoblariga yana ochkolar qo’shishga muyassar bo’ldlar.

100 kilogrammdan og’ir bo’lgan vazn toifasida gilamga chiqqan hamyurtimiz Abdullo Tangriyev final bosqichida yaponiyalik Yasuki Munetaga g’alabani qo’ldan boy berib,, kumush medal sohibi bo’ldi. Uchinchi o’rin gollandiyalik Grim Vuysters hamda rossiyalik Aleksandr Mixaylinlarga nasib etdi.

Xurshid Nabiyev (90kg) ukrainalik Grekov Valentin bilan birga bronza medalini qo'lga kiritdilar. Ushbu vazn toifasida birinchi hamda ikkinchi o’rinni yaponiyalik Xirosi Izumi va shveytsariyalik Sergey Ashvandenlar zabt etdilar.

100 kg gacha bo’lgan vazn toifasida bo’lib o’tgan musobaqalarda birinchi o’rinni gollandiyalik Xenk Grol, ikkinchi o’rinni germaniylik Benjamin Berla va uchinchi o’rinni gollandiyalik Elko van der Gestlar egalladilar.
Manba:http://www.olympic.uz/uz/news.scm?topicId=2554&pager.offset=30

1 комментарий: